Barcha buyuk ishlar kichik ishdan boshlanadi (hikoya)
- Ulug'bek Xakimov
- 5 июн. 2015 г.
- 1 мин. чтения
Qadim zamonda Ibrohim payg’ambarni tutib olovga tashlash uchun juda ko’p o’tin to’plab katta olov yoqadilar va u kishini olovga otadilar. (Ma’lumki, Allohning izni bilan payg’ambarga olov ta’sir etmagan) Olov shu qadar katta bo’lganki hatto uzoqdagi odamlar ham unga yaqinlasholmagan. Shu payt osmonda bir qarg’a og’zida bir cho’p olib keladi va olovga tashlaydi. Buni ko’rgan Ibrohim payg’ambar qarg’aga: - Ey qush sen olib kelgan bu cho’p bilan olov ko’payib qolmaydiku – deydi. Shunda qush javob beradi: - Mayli, olov ko’paymasa ham senga dushmanligim ma’lum bo’lsin. Biroz vaqt o’tib osmondan qaldirg’och uchib keladi va og’zidagi bir tomchi suvni olovga tashlaydi. Ibrohim payg’ambar: Ey qush, bir tomchi suv keltirish uchun mashaqqat chekibsan sen keltirgan bir tomchi suv olovni hech qancha kamaytirmaydiku, - debdi Qush shunday javob beribdi: Mayli, olovga ta’sir qilmasa ham do’stligimiz ma’lum bo’lsin.
Comentarios