"Kamolot" stipendiyasi tanloviga hujjatlarni qabul qilish boshlandi
- Ulug'bek Xakimov
- 8 июн. 2015 г.
- 3 мин. чтения
«Kamolot» stipendiyasi tanloviga hujjatlarni qabul qilish boshlandi.Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 15-20-iyun kunlari davomida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun «Kamolot» stipendiyasi tanlovi N I Z O M I I. Umumiy qoidalar 1.1.«Kamolot» stipendiyasi — talabalar (bakalavr, magistr)ga o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi yoki hudud (tuman, shahar, viloyat)da «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini samarali tashkil etishdagi faolligi, tashabbuskorligi, Harakat tomonidan amalga oshirilgan loyihalarda ishtirok etib, faxrli natijalarga erishganligi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofotdir. 1.2.«Kamolot» stipendiyasi talabalarning Harakat faoliyatida erishgan eng yuqori natijasi va yutug‘i sifatida e’tirof etiladi. 1.3.«Zulfiya» mukofoti, «O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, nomdor davlat stipendiyasi (darajasi jihatidan mazkur stipendiyadan yuqori turishi, shuningdek, „Kamolot” stipendiyasi iqtidorli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilishini inobatga olib) sovrindorlari mazkur tanlovda ishtirok etmaydi. 1.4.“Kamolot» stipendiyasi yilning o‘n oyi davomida to‘lab boriladigan to‘lov bo‘lib, stipendiyaning oylik miqdori eng kam ish haqining bir baravari miqdorida belgilanadi. II. «Kamolot» stipendiyasining maqsad va vazifalari Harakatning oliy ta’lim muassasalari talabalari orasiga yanada chuqurroq kirib borishini ta’minlash va ta’sirini oshirish, talabalarning Harakat faoliyatiga intilishini kuchaytirish. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining jamoat ishlari va Harakat faoliyatidagi faolligi, tashabbuskorligini rag‘batlantirish. Harakat faoliyatini kuchaytirishda talabalarning iqtidori, ilmiy salohiyati, faolligi va shijoatidan unumli foydalanish. III. «Kamolot» stipendiyasi tanlovini tashkil etish 3.1.«Kamolot» stipendiyasi tanlovida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin. 3.2.«Kamolot» stipendiyasi tanlovi uch bosqichda tashkil etiladi: Birinchi bosqich – ishtirokchilarni anketa va hujjatlarini qabul qilish bosqichi bo‘lib, bunda ishtirokchilarning hujjatlari «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida yil davomida qabul qilinadi. Anketalar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari Kengashida qabul qilinadi. SHuningdek Harakatning www.kamolot.uz internet saytiga kiritiladi va ishtirokchilar ularni to‘ldiradi. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: — tanlov anketasi; — fuqarolik pasporti nusxasi; — 2 dona (3x4 hajmdagi) rasm; -o‘zining hayoti, faoliyati, «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati haqida bilganlari, Harakatning o‘z faoliyatida tutgan o‘rni va takliflari, qiziqishlari va orzu-intilishlari haqida publitsistik tarjimai hol (A4formatli qog‘ozda, 14 shriftda 3 betdan oshmasligi lozim); -oliy ta’lim muassasasidagi „Kamolot” YIH BT yetakchisi, fakultet dekanati, fakultet yetakchisidan tavsifnoma; -ishtirokchining iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa); -ishtirokchining faolligi va iqtidorini ko‘rsatuvchi ilmiy-publitsistik materiallar (to‘plamlar yoki matbuotda chiqqan ilmiy maqolasi, tezislari, publitsistik maqolasi); -ishtirokchining “Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida yoki umuman yoshlar o‘rtasida amalga oshirishga mo‘ljallangan loyihasi. Ikkinchi bosqich – saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda Harakatning Markaziy Kengashi qoshida ishchi guruh tuzilib, Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan kelgan ishtirokchilarning hujjatlari o‘rganib chiqiladi hamda har bir oliy ta’lim muassasalaridan 5 nafargacha munosib nomzodlar saralab olinadi. Uchinchi bosqich – yakuniy bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi. Baholash natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan talabalar stipendiya sohibi deb topiladi. «Kamolot» stipendiyasi sohiblari ro‘yxati Harakatning Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi majlisi qarori bilan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 3.3.Tanlovning barcha bosqichlarida belgilangan muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. 3.4.«Kamolot» stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar tanlovda takroran ishtirok etishi mumkin emas. IV. Sovrindorlari bilan uzluksiz ishlash va ularni rag‘batlantirish «Kamolot» stipendiyasi sovrindorlari o‘zlari ta’lim olayotgan yo‘nalish, mutaxassislik, tajribasi va qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi targ‘ibot guruhlariga ajratiladi: Huquq targ‘ibotchilari — ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlarga oid yoki yoshlar bilishi lozim bo‘lgan qonun ijodkorligi (qonunlar loyihalari, konsepsiyalari) va qonunchilik, Prezident asarlari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib boradi. Ma’naviyat targ‘ibotchilari — ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir qiluvchi zararli g‘oyalar, diniy oqimlar, illatlarga qarshi targ‘ibot ishlarini olib boradi. Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari — ta’lim muassasalari, bolalar oromgohlari, korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari, harbiy qismlar hamda mahallalarda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish, chekish, alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish, OITS va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot ishlarini olib boradi. Ilm-ma’rifat targ‘ibotchilari — umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlar uchun fan, til o‘rgatish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul to‘garaklar tashkil etadi. Maqola www.fikr.uz saytidan olindi.
Davomi: http://fikr.uz sahifasida
Comentários